Samarqand – Sankt-Peterburg reysi zaxira aerodromga yo‘naltirildi

eʼlon qilindi
Aeroport hududida havo makoni vaqtincha yopilgani sababli
Samarqand – Sankt-Peterburg reysi zaxira aerodromga yo‘naltirildi / Foto: Piter.ru

6-iyul kuni Sankt-Peterburg aeroporti hududida havo makoni vaqtincha yopilgani sababli C6413 (Samarqand – Sankt-Peterburg) reysi Xelsinki (HEL) zaxira aerodromiga yo‘naltirildi. Bu haqda Centrum Air ma’lum qildi.

Reys jadvali va yetib kelish vaqti bilan bog‘liq keyingi o‘zgarishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot tez orada taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air Samarqand – Vladivostok yo‘nalishidagi parvozlarni yo‘lga qo‘ygan edi.

Shuningdek