Toshkentda 51 million so‘mlik noqonuniy elektron sigaret savdosi fosh etildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkentda 51 million so‘mlik noqonuniy elektron sigaret savdosi fosh etildi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar tomonidan hujjatlarsiz elektron tamaki mahsulotlarini sotish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Departament va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro 300 dona elektron tamaki mahsulotini boshqa fuqaroga 51 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 737 million so‘mlik iste’molga yaroqsiz mahsulotlar aniqlangan edi.

Shuningdek