Yangiliklar

Toshkentdagi ikkita yirik podstansiya zamonaviylashtiriladi

Loyihani Osiyo taraqqiyot banki moliyalashtiradi
Toshkentdagi ikkita yirik podstansiya zamonaviylashtiriladi / Foto: O‘zA

Toshkent shahridagi «Zafar» va «Fayziobod» podstansiyalari zamonaviy elegaz izolyatsiyali qurilmalar bilan jihozlanadi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Bu borada «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va Xitoyning «Shandong Electrical Engineering & Equipment Group» kompaniyasi o‘rtasida xalqaro shartnoma imzolandi. Loyihani Osiyo taraqqiyot banki moliyalashtiradi.

Shartnomaga ko‘ra, ikki podstansiyada yuqori texnologiyali uskunalar o‘rnatilib, xavfsizlik darajasi, ekspluatatsiya qulayligi va ekologik samaradorlik oshiriladi. Ushbu tashabbus energetika infratuzilmasini zamonaviylashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, Toshkent shahri va butun respublika bo‘yicha elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘stonliqda yirik shamol elektr stansiyasi barpo etilishi haqida yozgan edik.