48 ming dollarlik Onvo L90 modeli taqdim etildi

7-iyul 2025 11:14 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
48 ming dollarlik Onvo L90 modeli taqdim etildi. Foto: CnEVPost

Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchi Nio kompaniyasi o‘zining ommaviy Onvo brendi ostida yangi Onvo L90 modelini taqdim etdi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Bu model 2024-yilda debyut qilingan L60 avtomobilidan keyin ishlab chiqarildi. To‘liq o‘lchamli krossover hisoblangan L90 590 ot kuchiga ega bo‘lgan ikki motorli to‘liq g‘ildirakdan tortuvchi hamda 456 ot kuchiga ega bo‘lgan orqa g‘ildirakdan tortuvchi versiyalarda ishlab chiqariladi.

Foto: CnEVPost

Uning 85 kilovatt-soatli akkumulyatori CLTC (China Light-Duty Vehicle Test Cycle) standartiga ko‘ra 605 kilometr masofani bosib o‘tish imkonini beradi.

Saloni olti nafar yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan. Foto: CnEVPost

Yangi avtomobilning uzunligi 5145 mm, kengligi 1998 mm, balandligi 1766 mm. Model Mercedes GLS’dan biroz ixchamroq, ammo kengroq va pastroq hisoblanadi. Salonida olti nafar yo‘lovchi uchun alohida elektrsozlamali o‘rindiqlar, ikkinchi qatorda ekran va sovitkich mavjud. Kelajakda bu modelning arzonroq, besh o‘rinli L80 varianti ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.

10-iyuldan boshlab savdoga chiqariladi. Foto: CnEVPost

Onvo L90 bozorda Aito M7, Deepal S09, GAC Hyptec HL, Wey 07 va Li L8 kabi mashhur modellar bilan raqobatlashadi. To‘liq g‘ildirakdan tortuvchi versiya 350 ming yuangacha (taxminan $48 850) baholanmoqda.

10-iyuldan boshlab avtomobil rasmiy ravishda savdoga chiqariladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Audi A3 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek