
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish boshlandi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.
Ruxsatnoma my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport ma’lumotlari kiritilgan holda olinadi.
Ma’lumot uchun, test sinovida qatnashish uchun abituriyent belgilangan vaqtda pasport (yoki ID-karta) hamda ruxsatnoma bilan kelishi lozim. Nusxa hujjatlar yoki kechikib kelgan abituriyentlar imtihonga qo‘yilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq talaba qizlarga maxsus yangi stipendiya tayinlanishi haqida yozgan edik.