«Al Ahli» Messini Saudiya Arabistoniga olib kelmoqchi

7-iyul 2025 17:16 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Foto: CNN

Lionel Messi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. «Al Ahli» klubi argentinalik yulduzni o‘z safiga qo‘shish niyatida. Bu haqda L’Equipe nashri ma’lum qildi.

«Al Ahli» rahbariyati Messining «Inter Mayami» bilan tuzilgan shartnomasi dekabrda yakunlanishi bilan uni erkin agent sifatida jamoaga o‘tishga ko‘ndirishga urinmoqda. Boshqa tomondan MLS klubi esa Messini tarkibda saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya klubi tarkibida Eduar Mendi, Merix Demiral, Riyad Marez va Roberto Firmino kabi yulduz futbolchilar to‘p surmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Paxtakor» portugaliyalik murabbiy bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek