AQShning Ukrainaga ko‘rsatgan yordami miqdori 123,3 mlrd dollarga yetdi

eʼlon qilindi
Eng katta ulushi harbiy yo‘nalishga to‘g‘ri kelmoqda
AQSh
Foto: Airtel

AQSh tomonidan Ukrainaga ko‘rsatilgan yordamning umumiy miqdori $123,3 milliardga yetdi. Bu haqda «RIA Novosti» nashri Germaniyaning Kiel jahon iqtisodiyoti instituti va ochiq manbalarga tayanib, xabar bermoqda.

Institut ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning aprel oyi holatiga ko‘ra AQSh Ukrainaga ko‘rsatgan yordamning eng katta ulushi, ya’ni $69,5 milliardi harbiy yo‘nalishga to‘g‘ri keladi. Moliyaviy yordam $50,1 milliardni, gumanitar yordam esa $3,7 milliardni tashkil qiladi.

Nashr tahlillariga ko‘ra esa maydan iyul oyi boshigacha AQSh Ukrainaga yangi yordam ajratmagan. Bu holat bir necha bor yordamning vaqtincha to‘xtatilgani bilan bog‘liq.

Shu yilning fevral oyida AQSh Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatgandi. Biroq bu yetkazib berishlar keyinroq qayta tiklangan. Pentagon nashrining xabar berishicha, 4-martdan boshlab barcha harbiy yordamlar to‘xtatilgan.

Oradan bir hafta o‘tib, 11-mart kuni Saudiya Arabistonida AQSh va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan. Uchrashuv yakunida ikkala davlat razvedka ma’lumotlari almashinuvini tiklash va harbiy yordamni qayta boshlashga kelishib olganini e’lon qilgan.

Ammo iyul oyining boshida AQSh Ukrainaga o‘q-dorilar va qurollar yetkazib berishni yana to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu safar sabab sifatida AQSh harbiy zaxiralarining kamayib borayotgani ko‘rsatildi. Oq uy vakili Anna Kelli NBC telekanaliga bergan izohida bu qaror AQSh manfaatlarini ustun qo‘yish maqsadida qabul qilinganini tasdiqladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh Eronga 30 milliard dollarlik bitim taklif qilayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek