Armiyaga chaqiriluvchilarni tanlash tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Har bir chaqiriluvchi tanlovda bir yilda bir marta ishtirok etadi
Foto: UzA

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi tasdiqlandi. Bu bo‘yicha hukumat qarori asosida nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, endi harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etiladigan va Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishni istagan fuqarolar maxsus tanlov asosida saralanadi. Har bir chaqiriluvchi bu tanlovda bir yilda faqat bir marta ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, tanlov jarayoni chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10-avgustidan boshlanib, chaqiruv yilining 10-fevraliga qadar davom etadi. Unda suhbat orqali chaqiriluvchining harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi, sog‘lig‘i, bilim darajasi, huquqbuzarliklar bilan bog‘liq holatlari va oilaviy sharoiti o‘rganiladi.

Bundan tashqari, chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi ham sinovdan o‘tkaziladi. Buning uchun ular turnikda tortilish, 100 metrga va 3000 metrga yugurish kabi normativlar bo‘yicha imtihon topshiradi.

Shu bilan birga, tanlov yakunida chaqiriluvchining xizmatga tavsiya etilishi yoki etilmasligi bo‘yicha xulosa chiqariladi. Bu qaror, shuningdek, ularning keyingi harbiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bir oylik harbiy xizmat narxi salkam 9 million so‘m bo‘lgani haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, eng kam oylik ish haqi 10 foizga oshib, 1 mln 271 ming so‘mni tashkil etadi. Safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat haqi ham endilikda 8,89 mln so‘m bo‘ladi (narx eng kam oylik ish haqining yetti baravari miqdorida belgilanadi).

Shuningdek