
AQShning Jalopnik nashri eng bardoshli va ishonchli avtomobillar reytingini e’lon qildi. Ushbu avtomobillar uzoq xizmat muddati va texnik muammolarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Quyida beshta model haqida hikoya qilinadi.
Chevrolet Silverado

Bu pikap o‘z mustahkamligi bilan ajralib turadi. J.D. Power reytingida ham eng ishonchli avtomobil deb tan olingan. Hozirda bu model hatto qo‘lsiz boshqarish tizimi bilan ham jihozlanmoqda.
Honda Accord

Toyota Camry bilan taqqoslanganda Accord sportga yaqin boshqaruvi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Bu modelni Qozog‘istonda faqat xususiy dilerlar orqali olish mumkin.
Toyota Sienna

Bu miniwen oilaviy safarlar uchun juda mos. Ichida sovitkich, changyutkich va orqa o‘rindiqlar uchun multimediasi bor. Yangi versiyada bolani mashinada unutib ketmaslik tizimi ham mavjud.
Toyota Prius

Gibrid motorli Prius tejamkorligi bilan mashhur. Elektr toki yordamida 72 kmgacha yuradi. 2025-yilgi modeli 196 ot kuchi beradi. To‘liq yuruvchi versiyasi ham mavjud.
Honda CR-V Hybrid

Kompakt krossover sifatida bu model ham shaharda, ham yengil yo‘llarda yurishga mos. So‘nggi 25 yil ichida eng ko‘p sotilgan SUV sifatida tan olingan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet eng ko‘p sotilayotgan ishonchli avtomobil brendlari ro‘yxatiga kirgani haqida yozgan edik.