Formula-1. Lando Norris Buyuk Britaniya Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

7-iyul 2025 17:51 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Formula-1: Lando Norris – Buyuk Britaniya Gran-prisi g‘olibi /Foto: F1

2025 yilgi Formula-1 mavsumining 12-bosqichi Buyuk Britaniyada «Silverstoun» trassasida o‘tkazildi va unda «McLaren» jamoasi vakili Lando Norris birinchi bo‘lib marraga yetib keldi va Gran-pri g‘olibiga aylandi.

Ikkinchi o‘rinni yana bir «McLaren» poygachisi, avstraliyalik Oskar Piastri egalladi. Uchinchi o‘rin esa «Sauber» jamoasi tajribali piloti, 37 yoshli Niko Xyulkenbergga nasib etdi. Bu uning Formula-1’dagi ilk podiumi bo‘lib, u faoliyatidagi 239-Gran-prisida ushbu yutuqqa erishdi.

Foto: F1

Top-15 natijalar:

  1. Lando Norris («McLaren»);
  2. Oskar Piastri («McLaren»);
  3. Niko Xyulkenberg («Sauber»);
  4. Lyuis Xemilton («Ferrari»);
  5. Maks Ferstappen («Red Bull»);
  6. Per Gasli («Alpine»);
  7. Lans Stroll («Aston Martin»);
  8. Aleksandr Albon («Williams»);
  9. Fernando Alonso («Aston Martin»);
  10. Jorj Rassell («Mercedes»);
  11. Oliver Berman («Haas»);
  12. Karlos Sayns («Williams»);
  13. Esteban Okon («Haas»);
  14. Sharl Lekler («Ferrari»);
  15. Yuki Sunoda («Red Bull»).

Quyidagi poygachilar musobaqani to‘liq yakunlay olmadi: Andrea Kimi Antonelli, Isak Xajar, Gabriel Bortoleto, Liam Louson va Franko Kolapinto.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bred Pittning Formula 1 filmi haqida yozgan edi.

2025-yilda Gollivud kinoyulduzi Bred Pitt bosh rolni ijro etgan va taniqli rejissyor Jozef Kosinski tomonidan suratga olingan Formula 1 filmi nihoyat katta ekranlarga chiqdi.

Joshua Pirs va Sonni Xayes
Joshua Pirs va Sonni Xayes / Foto: Apple

«F1» filmi asosiy e’tiborni Bred Pitt ijrosidagi Sonni Xayesga qaratadi. Bu qahramon ilgari poygachilik faoliyati bilan tanilgan, biroq jiddiy avariyadan so‘ng sportni tark etgan. Yillar o‘tib, u Apex Grand Prix jamoasiga qaytadi – endilikda ustoz va yordamchi sifatida. Bu orada yosh, poygachi Joshua Pirs ham sahnaga chiqadi. Ular orasidagi ziddiyatlar, jamoaviy intriga va poyga muhitidagi bosim film asosini tashkil etadi.

Shuningdek