Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
Baxtiyor Saidov ishonch yorliqlari nusxalari qabul qildi
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi. Foto: Tashqi ishlar vaziri rasmiy sahifasi

Siti Ruhaini Juhayatin Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimini egalladi. Bugun, 7-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov diplomatning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri rasmiy sahifasi

Uchrashuvda Indoneziya bilan siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohada ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

Bundan avval O‘zbekiston va Indoneziya diplomatik pasport egalari uchun viza rejimini bekor qilgani haqida yozgandik.

Unga ko‘ra, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiya va xalqlarni yaqinlashtirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, diplomatik pasport egalari uchun viza talablaridan ozod qilish haqidagi kelishuv imzolandi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yangi imkoniyatlar yaratadi.

Shuningdek