Magistraturaga hujjat topshirish boshlandi

2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga onlayn hujjat topshirish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lim qildi.
Unga ko‘ra, arizalar 30-iyul (shu kuni ham)gacha my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan darajadagi milliy yoki xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lish talab etiladi. Sertifikatlar ro‘yxatini shu yerda ko‘rish mumkin.
Ariza topshirish jarayoni yuzasidan videoqo‘llanma YouTube’da e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim olish istagidagi iqtidorli yoshlarni saralash maqsadida prezidentning «El-yurt umidi» stipendiyasi yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.