Namanganda 12 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi

eʼlon qilindi
Yil oxirigacha esa 323 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan
Namanganda 12 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi / Foto: President..uz

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar, loyihalar ijrosi va ularning natijadorligi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbarining 2024-yil dekabrdagi qarori asosida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilangan. Bu yil $4,2 mlrd investitsiya jalb etish, 1 milliard dollar eksport qilish, 323 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Yil boshidan beri viloyatga 1,6 milliard dollar sarmoya kiritilgan. Endi chekka tumanlarda ham investitsiya hajmini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirib, eksport salohiyatini kuchaytirish zarur.

Qishloq xo‘jaligi, xususan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yuqori hosildorlik qayd etildi. Viloyatda «Islohotlar shtabi» ish boshlagan bo‘lib, u xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda 1 milliard dollarlik yangi loyihalarni ishlab chiqqan.

Yig‘ilishda taqdim etilgan loyihalar orqali 12 ming ish o‘rni, 200 mlrd so‘m budjet tushumi va $160 mln eksport manbai yaratilishi kutilmoqda.

Aholining daromadini oshirish maqsadida Norinda baliqchilik, Mingbuloqda o‘rdakchilik kabi loyihalar yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirish, mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish vazifalari belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air Namangan – Moskva yo‘nalishida yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edik.

Shuningdek