Oukitel Samsung Galaxy S25 Ultra’ga o‘xshash arzon smartfonini taqdim etdi

7-iyul 2025 23:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oukitel
Oukitel Samsung Galaxy S25 Ultra’ga o‘xshash arzon smartfonini taqdim etdi / Foto: Oukitel

Oukitel kompaniyasi tomonidan arzon narxdagi yangi Oukitel C62 smartfonini rasman taqdim etildi. Ilk bor bu model 2025-yilgi MWC ko‘rgazmasida ko‘rsatilgan edi. Bu haqda Helpix xabar bermoqda.

Tashqi ko‘rinishi Galaxy S25 Ultra’ni eslatsa-da, C62 modeli orqa panelida 1,81 dyuymli qo‘shimcha ekran bilan ajralib turadi. U vaqtni ko‘rsatish, musiqa pleyerini boshqarish va kamera vizori sifatida ishlash imkonini beradi.

Asosiy ekran 6,88 dyuym bo‘lib, HD+ aniqlik va 90 Gts yangilanish chastotasiga ega. Qurilmaga Unisoc T606 protsessori, 4 GB operativ xotira va 128 GB ichki xotira o‘rnatilgan. Orqa kamera atigi 13 MP bo‘lib, boshqa linzalar faqat dizayn uchun joylashtirilgan.

Batareya sig‘imi 5150 mA/soatni tashkil qiladi, ammo tez zaryadlash funksiyasi yo‘q. NFC moduli ham mavjud emas. Smartfonning rasmiy narxi $150 etib belgilangan, lekin bozorda u yanada arzonroq bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek