Yangiliklar

O‘zbekiston Rossiyaga eng ko‘p qulupnay yetkazib bergan davlatlardan biri bo‘ldi

Mavsum avjida bu mahsulotlarga talab 5 – 9 foizga kamaydi
Клубника
Rossiyada bu mahsulotga talab kamaydi. Фото: Anastasia Zhenina / Unsplash

O‘zbekiston 2025-yil boshidan beri Rossiyaga qulupnay va gilos eksporti bo‘yicha yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Bu haqda «Kommersant» nashri xabar berdi.

Rossiyaga qulupnay va gilos yetkazib berishda Ozarbayjon va Turkiya ham faol bo‘ldi. Biroq mavsum avjida bu mahsulotlarga talab 5 – 9 foizga kamaydi.

Shunga qaramay, Rossiyada qulupnay narxi 24 foizga, gilos esa 38 foizga oshdi. Narx oshishiga mahalliy hosilning kamayishi sabab bo‘lgan. Bu esa sovuq va yomg‘irli ob-havo bilan bog‘liq. Yuzaga kelgan ehtiyojning katta qismi import hisobidan qoplandi.

Iyul oyining boshiga kelib, O‘zbekiston umumiy 741 ming tonna meva-sabzavot eksport qildi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 2,8 foizga ko‘p. Eksportdan tushgan daromad esa 47,9 foizga oshib, $619,6 millionni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» O‘zbekistonda bodom narxi nega keskin oshib ketgani haqida yozgan edi.