Yangiliklar

O‘zbekiston va Vengriya ichki ishlar sohasida hamkorlik qiladi

Jamoat xavfsizligi, huquq-tartibotni ta’minlash va xodimlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida
O‘zbekiston va Vengriya ichki ishlar sohasida hamkorlik qiladi / Foto: IIV

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Ichki ishlar vazirining Yevropa Ittifoqi va xalqaro aloqalar bo‘yicha katta maslahatchisi Matyash Xedyalay bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

«Dunyo» AA

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, tegishli vazirliklar o‘rtasida «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Jamoat xavfsizligi, huquq-tartibotni ta’minlash va xodimlar malakasini oshirish yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga tomonlar qiziqish bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston vakili Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari komissiyasiga saylangan edi.