
Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Akmal Axmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqami 40 081 SBA bo‘lgan Malibu-2 avtomobili haydovchisi 100 dan ortiq qoidabuzarlik sodir etgani, ularning 106 tasi «oxirgi zarurat holatida qoidani buzgan» deb topilib, jarimalar bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Aniqlanishicha, mazkur avtomobil Akmal Axmedovning turmush o‘rtog‘i nomida bo‘lgan. Rahbarni lavozimidan ozod etish qarori Ichki ishlar vaziri tomonidan qabul qilingan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan ushlangan edi.