
Taniqli rejissyor Rauf Nabiyev tomonidan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy natijasi sun’iy intellekt yordamida oʻzgacha uslubda aks ettirildi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatiga yo‘llanma olishdagi harakati uchun terma jamoa va bir qancha qatnashchilar mukofotlangan edi.
Unga ko‘ra:
- Terma jamoaning 25 nafar a’zosi hamda bosh murabbiy Timur Kapadze — «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan;
- sobiq bosh murabbiy Srechko Katanes hamda uning shtabidagi yordamchi murabbiylar — «Do‘stlik» ordeni bilan;
- O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov — «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, terma jamoaning shifokori Alisher Aripov II darajali «Salomatlik» ordeni bilan, fizioterapevtlari (Bezborodov, Usmanov, Hasanov) esa «Sog‘lom turmush» medali bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagi xodimlariga esa «Shuhrat» medali beriladi:
- Axmedov Davron — tarjimon;
- Ashirov Shukurullo — administrator;
- Igamberdiyev Sherzod — xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i;
- Maksumov Avaz — bosh kotib;
- Pirmuxamedov Xasan — fotosuratchi;
- Ruziyev Islom — video operator;
- Salixov Jamoliddin — bosh mutaxassis;
- Tadjiyev Sarvar — administrator;
- Fayziyev Davron — marketing va media bo‘limi boshlig‘i;
- Xakimov Dilshod — maxsus inspeksiya bo‘lim boshlig‘i;
- Sherbayev Jurabek — muxlislar klubi raisi o‘rinbosari.
Shu bilan birga, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limi muxlislar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Abdurahmon Fazilov «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan edi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Ozarbayjon JChga birgalikda mezbonlik qilish uchun ariza topshirgani haqida xabar bergan edi.