Yangiliklar

Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Unda 200 megapikselli asosiy kamera bo‘lishi kutilmoqda
Samsung Galaxy S26 Ultra
Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi / Foto: SammyGuru

Yaqinda Samsung Galaxy S26 Ultra flagmanida 200 megapikselli asosiy kamera bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. GSMArena nashrining manbasiga ko‘ra, ushbu model kamerasiga oid yangi tafsilotlar oshkor etilgan.

Nashrning yozishicha, S26 Ultra modelida 50 MP periskop telefoto kamera bo‘ladi. U 5 karra optik zoom imkonini taqdim etadi. Bu aynan o‘tgan yili Galaxy S25 Ultra’da ishlatilgan kamera bilan bir xil.

S25 Ultra’dagi ikkinchi telefoto kamera esa 10 MP bo‘lib, 3x optik zoomga ega edi. Mish-mishlarga ko‘ra, S26 Ultra’dagi ikkinchi telefoto kamerada esa 200 MP sensor ishlatilishi mumkin. Ammo bu hali rasman tasdiqlanmagan.

Bundan tashqari, asosiy kamerada o‘zgaruvchan diafragma bo‘lishi haqida ham gap-so‘zlar bor. Galaxy S26 seriyasi 2026-yil yanvar oyida taqdim etilishi kutilmoqda. Shuning uchun yaqin oylar ichida kameralar haqida yanada aniqroq ma’lumotlar paydo bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.