Yangiliklar

Sankt-Peterburg havo hududining yopilishi sababli UzAirways’ning ayrim reyslariga o‘zgarishlar kiritildi

7 – 9-iyul kungi reyslarga
Uzbekistan Airways
Foto: Aviakompaniya matbuot xizmati

Uzbekistan Airways’ga ko‘ra, 7-iyul kuni Sankt-Peterburg aeroporti hududida parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida havo hududi vaqtincha yopiladi. Shu sababli Uzbekistan Airways’ning Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi ayrim reyslari jadvali o‘zgartirildi.

Unga ko‘ra, 7-iyul kuni HY9639 qatnovi quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.

  • Samarqanddan uchish – 22:55, Sankt-Peterburgga yetib borish – 8-iyul kuni 02:05.

8-iyul kuni:

  • HY9638 – Sankt-Peterburgdan uchish 03:15, Urganchga yetib borish 09:35;
  • HY9637 – Urganchdan uchish 10:45, Sankt-Peterburgga yetib borish 13:25;
  • HY9642 – Sankt-Peterburgdan uchish 14:35, Buxoroga yetib borish 21:30;
  • HY9641 – Buxorodan uchish 22:40, Sankt-Peterburgga yetib borish 9-iyul kuni 01:50.

9-iyul kuni:

  • HY9638 – Sankt-Peterburgdan uchish 03:05, Urganchga yetib borish 09:25;
  • HY9637 – Urganchdan uchish 10:35, Sankt-Peterburgga yetib borish 13:15;
  • HY9642 – Sankt-Peterburgdan uchish 14:25, Termizga yetib borish 21:35;
  • HY070 – Termizdan uchish 22:35, Toshkentga yetib kelish 23:45.

Parvoz vaqtlari mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand – Sankt-Peterburg reysi zaxira aerodromga yo‘naltirilgani haqida yozgandi.