Yangiliklar

Toshkent viloyati IIBB «dacha» band qilishda ehtiyotkorlikka chaqirdi

Internet orqali to‘lov qilishda shoshilmaslik kerak
Ekran tasviri videodan olindi

Yozgi jazirama issiqda dam olishga mehmon uylari uchun internetdan to‘lov qilishda shoshilmaslik kerak. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ogohlantirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/07/telegram-2025.mp4
Video: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi

Bugungi kunda internet orqali, ayniqsa, Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlaridagi dachalarni band qilish uchun «Oldindan to‘lov qiling» mazmunidagi ko‘plab e’lonlar joylashtirilmoqda. Ular orasida firibgarlar ham diqqatni tortadigan, ishonchli ko‘rinadigan e’lonlarni joylashtiradi.

Suratlar, videolar haqiqiy e’lonlardan olingan bo‘ladi. Farqi shundaki, firibgarlar katta va hashamatli mehmon uylari narxini juda arzon qilib ko‘rsatadi. Mijozlari ko‘pligini va zudlik bilan oldindan to‘lov qilish kerakligini ta’kidlaydi.

Pul o‘tkazilishi bilan ushbu «dacha» haqidagi e’lon va yozishgan akkaunt o‘chirib tashlanadi. Shu kabi holatlarga aldanmaslik uchun faqat rasmiy saytlardan foydalanish kerak. Arzon narxdagi hashamatli uylarga hech qachon oldindan to‘lov qilmaslik lozim.

Avvalroq Kursiv Uzbekiston Surxondaryo va Farg‘onada noqonuniy yer savdosiga uringanlar qo‘lga olingani haqida xabar bergandi.