Gadjetlar

Vivo X200 FE smartfonini ko‘pchilik nega tanlamoqda

Ushbu model eng yaxshi mini-flagmanlardan biri bo‘lishi mumkin
Vivo X200 FE smartfonini nega ko‘pchilik tanlamoqda / Foto: India Today

O‘tgan haftadagi so‘rovnomaga ko‘ra, Vivo X200 FE smartfoni foydalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.

Ushbu model eng yaxshi mini-flagmanlardan biri bo‘lishi mumkin. Telefonning kichik o‘lchami deyarli hech kimga noqulaylik tug‘dirmagan – faqat 5 foizdan kam foydalanuvchi o‘lchamdan norozi.

Ko‘pchilik hali yakuniy qaror qilmagan. Ular sharhlar chiqishini kutmoqda. Vivo esa hali global narxni e’lon qilgani yo‘q. Shunga qaramay, aksariyat ovoz beruvchilar FE modeliga ijobiy munosabat bildirgan.

Foto: GSMArena

Telefon OnePlus 13s va Xiaomi 15 kabi raqobatchilar bilan bellashadi. Ammo Yevropada X200 FE avtomatik ustunlikka ega. Xiaomi 15 esa narx jihatidan ancha yuqori.

So‘rovda qatnashganlarning faqat 10 foizi boshqa mini-flagmanlarda ko‘proq foyda bor deb hisoblaydi.

Shunga qaramay, ayrim kamchiliklar ham qayd etilgan. Jumladan, 8 megapikselli ultra-keng kamera ba’zilarni qoniqtirmadi. Chunki X200 Pro mini modelida 50 MP kamera mavjud. USB 2.0 porti ham tanqidga uchradi.

Vivo X200 FE va X Fold5’ning rasmiy taqdimoti Hindistonda 14-iyulga belgilangan. Tez orada narxlar e’lon qilinadi.

Eskatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi kameraga ega smartfonlar reytingi aniqlangani haqida yozgan edi.