Zeekr 2 ming ot kuchiga ega elektromobil chiqarishga tayyorlanmoqda

Zeekr kompaniyasi Zeekr 001 FR elektromobilining yangi versiyasini tayyorlamoqda. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Yangi model ikki ming ot kuchidan ko‘proq quvvatga ega bo‘lishi mumkin. Bu Xitoyda bunday quvvatga ega bo‘lgan ilk avtomobil bo‘ladi. Yangi avtomobil yengil kuzov bilan taqdim etiladi. Tormoz tizimi, shinalar va boshqa qismlar kuchli quvvatga moslashtiriladi.
Hozirgi 001 FR 2023-yilda taqdim etilgan. Uning quvvati 1 300 ot kuchi, u 100 km/soat tezlikka 2 soniyada chiqadi.
Mashina to‘rt motor va 100 kVt/soatli akkumulyator bilan ishlaydi. Uni 15 daqiqada 80 foizgacha quvvatlash mumkin.

Avtomobil maxsus haydash rejimlariga ega. Raikkonen rejimi F1 uslubini takrorlaydi. Overclocking esa qo‘shimcha quvvat beradi.
Yangi modelning chiqarilishi Xiaomi SU7 Ultra’ga javob bo‘lishi mumkin. U yaqinda 1,5 ming ot kuchli mashinasini taqdim etdi.
Zeekr yangi mashinasi bilan Xitoy elektromobil bozorida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Zeekr 3,5 yilda yarim millionta elektromobil chiqargani haqida yozgan edi.