9 – 11-iyul kunlari tog‘li hududlarda sel kelish xavfi bor

eʼlon qilindi
Beshta viloyatda
Sel
9 – 11-iyul kunlari tog‘li hududlarda sel kelish xavfi bor. Foto : Wolfgang Hasselmann / Unsplash

9 – 11-iyul kunlari O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi hududlarida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» ogohlantirish bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, bu yog‘ingarchiliklar natijasida bir qator viloyatlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Xususan, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobod tumanlarida, Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlarida sel xavfi mavjud.

Shuningdek, Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida, Farg‘ona viloyatida So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlarida, Andijon viloyatida esa Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonabod shahrida sel va toshqinlar ehtimoli yuqori.

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi va natijada suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShning Texas shtatida ro‘y bergan kuchli toshqinlar oqibatida qurbonlar soni 80 nafardan oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek