Adidas va Lionel Messi 110 dollarlik yangi dizayndagi krossovkani taqdim etdi

eʼlon qilindi
Narxi $110 bo‘lgan
Foto: Adidas

Adidas brendi 1969-yilda ilk bor basketbol maydonida paydo bo‘lgan va tez orada madaniy ikonaga aylangan mashhur Superstar krossovkasining Lionel Messi sharafiga tayyorlangan yangi modelini taqdim etdi. Bu haqda Highsnobiety nashri xabar qildi.

Krossovkaning och ko‘k rangdagi detallari Argentinaning milliy ranglarini eslatadi, yana bir modelda esa yorqin pushti va qora rang uyg‘unlashib, ustiga oltin harflarda Messi ismi yozilgan.

Narxi $110 bo‘lgan bu krossovkalar nafaqat kundalik kiyimga mos, balki futbolchiga hurmat ifodasi sifatida qaralmoqda. Adidas bu orqali o‘zining eng mashhur siluetlaridan biri orqali Messining sportdagi va xayriya sohasidagi ta’sirini e’tirof etgan.

Adidas Superstar krossovkalari soddaligi, aniq chiziqlari va darhol tanib bo‘ladigan dizayni orqali vaqt o‘tishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotmayapti. Yaqinda Samba va Taekvondo modellari mashhurlikka erishgan bo‘lsa, endi Superstar ham e’tibor markazida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Al Ahli» Messini Saudiya Arabistoniga olib kelmoqchiligi haqida yozgandi.

Shuningdek