Yangiliklar

ChatGPT fazoviy kemalar boshqaruvi musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladi

Musobaqa mashhur Kerbal Space Program o‘yini asosida tashkil etildi
ChatGPT fazoviy kemalar boshqaruvi musobaqasida 2-o‘rinni egalladi / Foto: Planetek

Fazoviy kemani avtonom boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ChatGPT modeli yuqori natijaga erishdi. Bu haqda Space ma’lum qildi.

Tadqiqotchilar tomonidan «quvib boruvchi fazoviy apparatni boshqaruvchi agent» vazifasi yuklatilgan model ikkinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa mashhur Kerbal Space Program o‘yini asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda sun’iy yo‘ldoshni quvish, tutib olish va aniqlanishdan qochish kabi topshiriqlar bajarildi.

Eksperiment kosmosni avtonom o‘zlashtirish bo‘yicha ishlanmalar yaqin yillarda amaliyotga tatbiq etilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar bu yutuqqa qaramay, sun’iy intellekt hali ham to‘liq ishonchli emasligini, ayniqsa, «gallyutsinatsiyalar» – noto‘g‘ri va mazmunsiz xulosalar berish xatarini kamaytirish ustida ishlash zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sun’iy intellekt texnologiyalari global pandemiya ehtimolini besh barobar oshirishi mumkinligi haqida yozgan edik.