ChatGPT “Birgalikda o‘rganish” yangi funksiyasini taqdim etishi kutilmoqda

ChatGPT yangi «Study Together» — «birgalikda o‘rganish» funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Techcrunch nashri xabar bermoqda.
Ringblaze kompaniyasining asoschisi va texnik direktori Liem Doning X tarmog‘ida ma’lum qilishicha, funksiya ba’zi hisoblarda allaqachon ish boshlagan.

Bu funksiyaning qachon ommaga taqdim etilishi aniq emas. Barcha foydalanuvchilarga ochiq bo‘ladimi yoki faqat obuna asosida ishlaydimi — noma’lum.
Yangi rejim ChatGPT’ni faqat javob beruvchi emas, balki o‘rgatuvchi vosita sifatida ko‘rsatmoqda. U foydalanuvchiga savollar berib, mantiqiy fikrlash va o‘z javobini shakllantirishga undaydi. Ba’zi foydalanuvchilar ushbu rejimda bir nechta odam ishtirok etadigan o‘quv guruhlari bo‘lishi mumkinmi, degan savol bilan qiziqmoqda.
«Birgalikda o‘rganish» funksiyasi ChatGPT’dan to‘g‘ri va halol foydalanishni rag‘batlantiruvchi, firibgarlik holatlarining oldini oluvchi mexanizmga aylanishi mumkin.
Ushbu funksiya ta’limda ChatGPTdan to‘g‘ri foydalanishda o‘z hissasini qo‘shishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri ChatGPT fazoviy kemalar boshqaruvi musobaqasida ikkinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.