
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 8-iyul kuni dollar kursi 35,36 so‘mga yuqorilab, 12 712,09 so‘m qilib belgilandi.
- Oldingi kurs (7-iyul): 12 676,73;
- Yangi kurs: 12 712,09;
- O‘zgarish: +35,36 so‘m.
30-iyun kuni dollar 40,84 so‘mga oshib, 12 694,97 so‘m etib belgilandi. Bu hafta boshidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.
1-iyuldan boshlab esa pasayish bosqichma-bosqich boshlandi. 1-iyulda dollar 18,86 so‘mga tushib, 12 676,11 so‘mga yetdi. 2-iyulda esa eng katta tushish qayd etildi – dollar 84,4 so‘mga arzonlab, 12 591,71 so‘mni tashkil qildi. 3-iyulda yana pasayish davom etdi: 34,15 so‘mga kamayib, 12 557,56 so‘mga tushdi.
4-iyul kuni esa vaziyat o‘zgardi – dollar kursi 49,17 so‘mga ko‘tarilib, 12 606,73 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 52,94 so‘mga oshib, 14 927,81 so‘mni, rubl esa 1,61 so‘mga yuqorilab, 162,64 so‘mni tashkil qildi.
Qaysi banklarda AQSh valyutasini qulay narxlarda almashtirish mumkin
Shuningdek, «Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 7-iyul kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:
Banklarga sotish (USD – UZS):
- «Poytaxt Bank» – 12 690 so‘m;
- «Apexbank» – 12 670 so‘m;
- «Garantbank» – 12 670 so‘m.
Banklardan sotib olish (UZS – USD):
- «Tenge bank» – 12 660 so‘m;
- «Asakabank» – 12 620 so‘m;
- «Agrobank» – 12 620 so‘m.
AQSh dollarining o‘zgarishi

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.
Shuningdek, AQSh valyutasining iyun oyidagi o‘zgarishi haqida material e’lon qilingan edi.