Samsung Galaxy S26 Ultra kuchliroq protsessor bilan chiqadi

8-iyul 2025 13:57 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Galaxy S26 Ultra kuchliroq protsessor bilan chiqadi / Foto: Android Police

Samsung kompaniyasi yangi Samsung Galaxy S26 Ultra flagmanini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Android Headlines ma’lumotiga ko‘ra, smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 2 chipi, 16 GB operativ xotira va kuchli sovitish tizimi bilan jihozlanadi.

Qurilmada 6,9 dyuymli AMOLED ekran bo‘ladi, ramkalar esa yanada torayadi. S Pen stilusiga qo‘llab-quvvatlash saqlanib qoladi.

Galaxy S26 Ultra yangi kameralar tizimi bilan chiqadi. Asosiy kamera 200 megapikselli ISOCELL HP2 matritsaga ega bo‘ladi, shuningdek, 50 MP ultra keng burchakli va periskop kameralar, 12 MP telefoto moduli o‘rnatiladi. Kamera tizimi uchun yangi ProVisual Engine protsessori va lazerli fokuslash tizimi ham qo‘shiladi.

Smartfon ichki sovishini yaxshilash uchun bu modelda 20 foizga kattaroq bug‘ kamerasi (sovitish tizimi) qo‘llaniladi. Samsung bu safar o‘zining 2-nanometrli chipidan voz kechib, TSMC ishlab chiqargan 3-nm texnologiyali protsessorga tayanadi.

Galaxy S26 Ultra 256 GB dan 1 TB gacha xotira variantlarida chiqadi va UFS 4.0 tezkor saqlash tizimi bilan ta’minlanadi. Qurilmaning orqa dizayni soddalashtiriladi, IP68 himoyasi esa saqlanib qoladi. Frontal kamera ham yangilanadi, ammo batafsil ma’lumot hozircha berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Yangi modelda 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘lishi aytilmoqda. Bu hozirgi Galaxy S25 Ultra bilan bir xil. Biroq Samsung akkumulyator tizimini takomillashtirib, zaryad olayotganda smartfon kamroq qizishini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Shuningdek