
Edu-Action Exams Centre rasmiy bayonotiga ko‘ra, 2025-yil 11-iyuldan boshlab O‘zbekistonda IELTS’ning qog‘ozli shakldagi imtihonlari vaqtincha to‘xtatildi.
Bu qaror IDP, British Council hamda Cambridge University Press & Assessment tomonidan texnik va operatsion sabablar bilan bog‘liq holda qabul qilingan.
Imtihonga ro‘yxatdan o‘tganlarga ikki xil imkoniyat taqdim etilmoqda:
- Kompyuterda IELTS topshirishga bepul o‘tkazilish
- To‘liq pulni qaytarib olish
Talabgorlar Edu-Action Exams Centre’ga (https://exams.uz/) murojaat qilib, o‘z tanlovlarini bildirishlari so‘ralmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Magistraturaga hujjat topshirish boshlangani haqida xabar bergaan edi.