Gadjetlar

iPhone qurilmalari qanday batareya bilan taqdim etilgan

iPhone 17 seriyasining rasmiy taqdimoti 2025-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda
iPhone 17
iPhone 17 Pro Max smartfoni va o‘tmish batareyalari haqida nimalarni bilasiz / Foto: Lifehacker

iPhone 17 Pro Max smartfoni Apple tarixidagi eng katta sig‘imli batareyaga ega bo‘lishi kutilmoqda. Lifehacker nashrining Instant Digital’ga tayanib xabar berishicha, yangi flagman qurilmaning batareyasi hajmi va avtonom ishlash muddati bo‘yicha eng yuqori bo‘lishi mumkin.

Yangi iPhone 17 Pro Max 5 000 mA⋅soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Bu batareya taxminan 35 soat yoki undan ko‘proq vaqt davomida zaryadsiz ishlash imkonini beradi. Qurilmaning ishlash muddatining uzayishiga A19 Pro chipining energiya samaradorligi va yangi Qualcomm Snapdragon X80 modemi katta ta’sir ko‘rsatadi.

iPhone batareyalari quyidagi o‘zgarish bosqichlarini bosib o‘tgan.

iPhone modeliBatareya sig‘imi (mA⋅soat)Ishlash davomiyligi (soat)
1iPhone 12 Pro Max3 687 mA⋅soat20 soatgacha
2iPhone 13 Pro Max4 352 mA⋅soat28 soatgacha
3iPhone 14 Pro Max4 323 mA⋅soat29 soatgacha
4iPhone 15 Pro Max4 422 mA⋅soat29 soatgacha
5iPhone 16 Pro Max4 676 mA⋅soat33 soatgacha
6iPhone 17 Pro Max5 000 mA⋅soat35 soat yoki undan ko‘proq

iPhone 17 seriyasining rasmiy taqdimoti 2025-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Avvalroq Mobil o‘yinlar uchun eng ommabop smartfonlar haqida yozgan edik. Ular aynan o‘yin uchun mo‘ljallangan, yuqori unumdorlik va yaxshi optimizatsiyaga ega maxsus smartfonlar.