Iyun oyida Oʻzbekistonda inflyatsion kutilmalar pasaydi

eʼlon qilindi
Ma’lumotlar 4,9 mingdan ortiq respondentlar so‘rovi asosida to‘plangan
полки в супермаркете
O‘zbekiston Markaziy banki o‘tgan oy yakunlarini sarhisob qildi. Foto: Unsplash

Iyun oyida Oʻzbekistonda aholi va tadbirkorlar oʻrtasida inflyatsion kutilmalar pasaydi. Bu haqda Markaziy bank oʻtkazgan soʻrov natijalari asosida tayyorlangan hisobotda malum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, biznes vakillari orasida inflyatsion kutilmalarning oʻrtacha darajasi 11,8 foizni tashkil etdi, medianasi esa 10,3 foiz boʻldi. Soʻrovda qatnashganlarning 13,4 foizi narxlar eng koʻp ta’lim sohasida, 12,9 foizi transportda va 12,3 foizi umumiy ovqatlanish sohasida oshishini kutmoqda.

Aholi orasida esa inflyatsion kutilmalarning oʻrtacha darajasi oy davomida 13,7 foizdan 13,2 foizgacha kamaydi. Mediana koʻrsatkichi esa 11,1 foizdan 11 foizgacha tushdi. Hududlar kesimida esa eng yuqori kutilmalar Toshkentda (15,2%), Samarqandda (14,1%) va Surxondaryoda (14%) qayd etildi. Navoiy va Namangan viloyatlarida bu koʻrsatkich 12 foiz atrofida boʻlsa, Sirdaryoda 12,1 foizni tashkil etdi.

Soʻrov ishtirokchilari inflyatsiyaga eng kuchli ta’sir koʻrsatayotgan omillar sifatida kommunal xizmatlar va energiya resurslari narxining oshishini koʻrsatgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan isteʼmol narxlarining 11 oy ichida birinchi marta pasaygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek