
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-iyul kuni Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbari Qatar amirining Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi faol sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.
Hozirda O‘zbekiston – Qatar o‘rtasida sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik qo‘shma loyihalar tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Shu ma’noda, tomonlar muhim tadbirlar – Muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig‘ilishi, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, Ishbilarmonlar kengashi va biznes-forumga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratishga kelishib oldi.
Avvalroq O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Transafg‘on temir yo‘li loyihasini muhokama qilgani haqida yozgandik.