Redmi K90 Pro haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilindi

8-iyul 2025 15:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi
Redmi K90 Pro haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilindi / Foto: Redmi

Redmi yaqinda K80 Ultra flagmanini taqdim etgan edi, kompaniya allaqachon yangi avlod smartfoni – Redmi K90 Pro ustida ishlamoqda. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Redmi K90 Pro prototipi flagman darajasidagi texnik xususiyatlarga ega. Smartfon Snapdragon 8 Elite 2 (SM8850) chipi asosida ishlaydi. Bu model seriyada birinchi bo‘lib asosiy kamera tarkibida periskopli teleobyektiv bilan ta’minlanadi. Taqqoslash uchun, K80 Pro modelida oddiy teleobyektiv ishlatilgan. Yangi optika esa yanada aniq va sifatli zoom imkoniyatini beradi.

Shuningdek, K90 Pro metall korpus, stereodinamikalar, ekranga o‘rnatilgan ultratovushli barmoq izi skaneri va kuchli vibratsiya motoriga ega bo‘ladi.

Smartfon 50 MP OmniVision OV50Q sensori bilan jihozlanadi (1/1.3 dyuym o‘lchamda) va 2K aniqlikdagi OLED ekranga ega bo‘ladi. Displey yangilanish tezligi esa 120 Hz bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi K80 Ultra atigi 4 soatda 300 mingga yaqin sotilgani haqida yozgan edi.

Redmi brendi rahbari Van Tenning aytishicha, yangi smartfon hatto Xiaomi’ning YU7 krossoveri bilan bir xil darajada mashhurlikka erishmoqda. Faqat birinchi soatning o‘zida 289 mingta oldindan buyurtma ro‘yxatga olingan.

Redmi K80 Ultra AnTuTu benchmarkida 3,24 mln ball to‘plab, hozircha eng kuchli Android-smartfon hisoblanmoqda. Shunga qaramay uning boshlang‘ich narxi, bor-yo‘g‘i, 2599 yuan (taxminan $360)ni tashkil etadi.

Shuningdek