
Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi «Lutfilla fayz» MChJ spirtli ichimliklar reklamasini joylashtirilgani uchun moliyaviy jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, korxona tomonidan joylangan reklamalar «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 38-moddasiga zid bo‘lib, unga ko‘ra har qanday quvvatdagi alkogol mahsulotlarini reklama qilish taqiqlanadi.
Qo‘mita Maxsus komissiya tomonidan korxonaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 17 ta tashkilot reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortilgani haqida yozgandi.