«UzTest»da katta o‘g‘irlik va moliyaviy talon-torojlik sodir etildi

eʼlon qilindi
Jami 6,6 mlrd so‘m atrofida
«UzTest»da katta o‘g‘irlik va moliyaviy talon-torojlik sodir etildi / Foto: O’zA

Buxoro viloyatidagi «UzTest» hududiy filialida yirik o‘g‘irlik holati aniqlandi. Bu haqda UzA ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Germaniyadan keltirilgan uchta sinov laboratoriya jihozidan biri yo‘qolgan. Bundan tashqari, 1,2 tonna og‘irlikdagi 150 mln so‘mlik «Tormoz stendi» hamda 250 mln so‘mlik gaz ballonlarini o‘lchash vositasi o‘g‘irlangan.

Shuningdek, 6 mlrd so‘mlik mablag‘ning maqsadsiz sarflangani ham aniqlangan. Hozircha Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va «UzTest» rahbariyati bu borada rasmiy izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 51 million so‘mlik noqonuniy elektron sigaret savdosi fosh etilgan edi.

Shuningdek