Yangiliklar

Avtobus va mikroavtobuslar uchun yo‘lovchi boshiga subsidiya beriladi

Avtobuslar uchun utilizatsiya yig‘imidan berilgan imtiyoz muddati yana uch yilga uzaytiriladi
Pul
Avtobus va mikroavtobuslar uchun yo‘lovchi boshiga subsidiya beriladi. Foto: Facebook.com

Avtobus va mikroavtobuslar uchun yo‘lovchi boshiga subsidiya beriladi. Bu haqda prezident rahbarligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, avtobuslar uchun utilizatsiya yig‘imidan berilgan imtiyoz muddati yana uch yilga uzaytiriladi va mikroavtobuslarga ham tatbiq etiladi.

Turistik avtobus va mikroavtobuslarga beriladigan bojxona boji imtiyozi ham uch yil davomida jamoat transporti uchun qo‘llaniladi.

Mazkur imkoniyatlardan foydalanadigan tadbirkorlar ikki shartga rioya qilishi shart: qatnovlar belgilangan harakat jadvaliga qat’iy amal qilinishi va tushumlar elektron to‘lov tizimi orqali shaffof yuritilishi talab etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent halqa yo‘ligacha kelayotgan 20 ta avtobus yo‘nalishi 15 – 20 kilometrga uzaytirilishi haqida xabar bergandi.