
«Paxtakor» jamoasi 28 yoshli hujumchi Bobur Abduxoliqov bilan joriy yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Abduxoliqov bungacha «Nasaf», «Rux» (Ukraina), «Energetik-BGU» (Belarus), «Ordabasi» (Qozog‘iston) va «Sumqayit» (Ozarbayjon) klublarida to‘p surgan.
U O‘zbekiston va Qozog‘iston chempionligini bir martadan qo‘lga kiritgan.
Klub rahbariyati Boburdan yuqori natijalar kutmoqda va uning jamoa sovrinlariga erishishida muhim o‘rin tutishiga umid bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rustam Ashurmatov Eronning «Istiqlol» klubiga o‘tgan edi.