
O‘zbekiston Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 9-iyul kuni dollar kursi 58,77 so‘mga pasayib, 12 653,32 so‘m qilib belgilandi.
- Oldingi kurs (8-iyul): 12 712,09;
- Yangi kurs: 12 653,32 ;
- O‘zgarish: -58,77 so‘m.
30-iyun kuni dollar 40,84 so‘mga oshib, 12 694,97 so‘m etib belgilandi. Bu hafta boshidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.
1-iyuldan boshlab esa pasayish bosqichma-bosqich boshlandi. 1-iyulda dollar 18,86 so‘mga tushib, 12 676,11 so‘mga yetdi. 2-iyulda esa eng katta tushish qayd etildi – dollar 84,4 so‘mga arzonlab, 12 591,71 so‘mni tashkil qildi. 3-iyulda yana pasayish davom etdi: 34,15 so‘mga kamayib, 12 557,56 so‘mga tushdi.
4-iyul kuni esa vaziyat o‘zgardi – dollar kursi 49,17 so‘mga ko‘tarilib, 12 606,73 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 105,71 so‘mga pasayib, 14 822,10 so‘mni, rubl esa 0,75 so‘mga tushib, 161,89 so‘mni tashkil qildi.
Qaysi banklarda AQSh valyutasini qulay narxlarda almashtirish mumkin
Shuningdek, «Pultop» kanali ma’lum qilishicha, 7-iyul kuni soat 15:30 holatiga ko‘ra dollarning maqbul kurslari quyidagi banklarda kuzatilgan:
Banklarga sotish (USD – UZS):
- «AnorBank» – 12 695 so‘m;
- «Ipak yo‘li bank» – 12 680 so‘m;
- «Universalbank» – 12 680 so‘m.
Banklardan sotib olish (UZS – USD):
- «Hamkorbank» – 12 700 so‘m;
- «Poytaxt bank» – 12 715 so‘m;
- «Kapitalbank» – 12 725 so‘m.
AQSh dollarining o‘zgarishi

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.
Shuningdek, AQSh valyutasining iyun oyidagi o‘zgarishi haqida material e’lon qilingan edi.