Jek Dorsi internetsiz ishlaydigan Bitchat messenjerini yaratdi

9-iyul 2025 11:59 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: ciol.com

Twitter (hozirda X) asoschilaridan biri Jek Dorsi yangi Bitchat nomli Bluetooth orqali ishlaydigan messenjer ishlab chiqdi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

Ushbu ilova internet, telefon raqami va elektron pochta talab qilmaydi. Xabarlar faqat foydalanuvchi qurilmasida saqlanadi va avtomatik tarzda o‘chiriladi. Ilova markazlashgan serverlar tizimidan foydalanmaydi, bu esa uni senzura va axborot nazoratidan himoya qiladi.

Bitchat yaqin masofadagi foydalanuvchilar qurilmalarini Bluetooth orqali bog‘lab, shifrlangan xabar almashish imkonini beradi. Qurilmalar harakatda bo‘lgan paytda xabarlar bir telefon orqali boshqasiga uzatiladi, internet tarmog‘iga ulanmasdan ham aloqa davom etadi.

Ilova guruhli chatlar, ya’ni maxfiy «xonalar»ni taqdim etadi. Bu xonalar parol bilan himoyalanishi mumkin. Shuningdek, foydalanuvchi oflayn bo‘lsa ham, unga xabar yuborish imkoniyati mavjud.

Ilovaning beta-versiyasi hozirda TestFlight orqali yuklab olish uchun ochiq. Dastur kodi esa GitHub’da e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun, Jek Dorsi 2006-yilda Twitter’ga asos solgan. 2022-yilda esa bu ijtimoiy tarmoq Elon Mask tomonidan $44 milliardga xarid qilingan. Dorsi hozirda Bluesky ijtimoiy tarmog‘i ustida ham ishlamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i Telegram’da ishga tushgani haqida yozgandi.

Shuningdek