Jizzaxda hokim, Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari qo‘lga olindi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hokimligi mutasaddisi tadbirkordan $30 ming pora talab qilib, $10 mingni hokimga bergan paytda DXX tomonidan qo‘lga olindi.
Unga ko‘ra, hokimlik vakili tadbirkorga ko‘p qavatli uy qurilishi uchun ruxsat hujjatlarini taqdim etgan.
Qolgan $20 mingni olganida esa, hokim bilan birga yana qo‘lga olindi. Hokim deputatlik daxlsizligidan mahrum qilinib, unga Jinoyat kodeksining 210-moddasi, mutaxassisga esa 168 va 211-moddalar bilan ish qo‘zg‘atildi.
Sirdaryoda esa Guliston shahri prokurori o‘rinbosari tadbirkordan jinoyat ishini ijobiy hal qilish evaziga $10 ming pora olgan vaqtida DXX tomonidan ushlangan.
Unga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan ish ochilib, har ikkala holatda ham «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan ushlangan edi.