MDH davlatlari o‘rtasidagi qidiruv bitimiga tuzatishlar kuchga kirdi

2025-yil 7-iyulda prezidentning «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar o‘rtasida 2010-yil 10-dekabrda imzolangan shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritilgan bayonnoma tasdiqlandi.
Mazkur bayonnoma 2024-yil 18-oktabrda Moskva shahrida imzolangan. Bitimni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vakolatli organlar etib Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura belgilandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli idoralar ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgach, uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yil II choragi bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari faoliyati reytingi e’lon qilingan edi.