
2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiya makaronini import qilish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Rossiya Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni rivojlantirish federal markazi ma’lum qildi.
2021-yilda respublika to‘qqizinchi o‘rinda edi. Markaz ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya makaronining eng yirik importchilari hali ham Qozog‘iston va Belarus bo‘lib qolmoqda.
2025-yilning yanvar-aprel oylarida Rossiya ushbu mahsulotdan 500 ming tonnadan ortiq ishlab chiqargan. Shu davrda Rossiya makaronining boshqa davlatlarga eksporti 16 foizga oshdi, eksportdan tushgan daromad esa uchdan birga ko‘paydi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda O‘zbekiston umumiy qiymati $1,6 mlrdlik oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Asosan bug‘doy va undan tayyorlangan mahsulotlar ($386,6 mln) xarid qilingan.
Avvalroq «Kursiv» nashri Xitoydan O‘zbekistonga import $3,6 mlrdga yetgani haqida xabar bergan edi.
2024 va 2025-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekiston importida yetakchi davlatlar ro‘yxatida ayrim o‘zgarishlar kuzatildi. Biroq ikkala yilda ham Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy import hamkorlari bo‘lib qolmoqda.