Qashqadaryoda 4 balli zilzila yuz berdi
eʼlon qilindi

Bugun, 9-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:32:15 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, zilzilaning episentri Toshkentdan 422 km janubiy-g’arbda bo‘lib, sezilish kuchi 4 ballni tashkil etdi.
Zilzilaning magnitudasi 3,5 ballni tashkil etgan bo‘lsa, chuqurligi 10 km edi. Episentri Qashqadaryo viloyati Nishon tumani bo‘ldi.
Zilzila quyidagi uchta tumanda sezildi:
- Nishon tumanida 2-3 ball, 22 km;
- G‘uzor tumanida 2 ball, 29 km;
- Qarshi shahrida 2 ball, 37 km.
Episentrning aniq koordinatalari: 38,51 N, 65,81 E. Zilzila oqibatida jiddiy shikastlanishlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz bergani haqida yozgandi.