Yangiliklar

Rustam Ashurmatov Eronning «Istiqlol» klubiga o‘tdi

Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi
Foto: O‘FA

Oʻzbekistonlik futbolchi Rustam Ashurmatov Eronning «Istiqlol» klubiga oʻtdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bugun, 9-iyul kuni himoyachi tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtib, jamoaning yangi a’zosi sifatida tanishtirildi.

Tehronning «Istiqlol» klubi Ashurmatovni Qozonning «Rubin» jamoasidan 450 ming yevro evaziga sotib olgan. Transfermarkt portaliga koʻra, futbolchining bozor qiymati 600 ming yevroga teng.

Foto: «Istiqlol»

Rustam Ashurmatov 2023-yilda Rossiya Premyer-ligasi vakili «Rubin» klubiga qoʻshilgan edi. Oʻtgan mavsumda u 21 uchrashuvda maydonga tushib, 3 marta ogohlantirish olgan.

Eslatib oʻtamiz, «Istiqlol» safida yana bir oʻzbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov ham toʻp surmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Akmal Mozgovoyning BAAning «Baniyas» klubiga oʻtgani haqida xabar bergan edi.