Tirbandliklarni kamaytirish uchun «Intellektual transport» axborot tizimi ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Tizim orqali Toshkent shahridagi chorraha, svetofor, foto va videokuzatuv moslamalari yagona markazga ulanadi
Tirbandliklarni kamaytirish uchun «Intellektual transport» axborot tizimi ishga tushiriladi. Foto: old.gov.uz

Poytaxtdagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida «Intellektual transport» axborot tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda prezident rahbarligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ushbu tizim orqali Toshkent shahridagi 700 dan ortiq chorraha va ularning barcha svetofor, foto va videokuzatuv moslamalari yagona markazga ulanadi.

Natijada transport oqimiga qarab svetoforlarni masofadan boshqarish imkoniyati yaratiladi va bu tirbandliklarni 25–30 foizga kamaytirishga yordam beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent halqa yo‘ligacha kelayotgan 20 ta avtobus yo‘nalishi 15–20 kilometrga uzaytirilishi haqida xabar bergandi.

Bugungi kunda poytaxtga kuniga 1 millionga yaqin odam keladi, shundan 275 ming nafari Toshkent viloyatidan. Shu sababli Toshkent jamoat transporti yagona aglomeratsion tizimga o‘tib, viloyatning barcha tutash hududlarini qamrab oladi. Bu Toshkent viloyati aholisi uchun katta qulaylik yaratadi.

Shuningdek