Tramp mis importiga 50 foizlik boj solinishini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Shuningdek, Tramp dori-darmonlarga 200 foizgacha
Donald Tramp
Tramp mis importiga 50 foizlik boj eʼlon qildi / Foto: LAT

AQSh prezidenti Donald Tramp mis importiga 50 foizlik boj joriy etilishini eʼlon qildi. Bu haqda u 8-iyul kuni Oq uyda boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, yangi tariflar poʻlat, alyuminiy va avtomobillar boʻyicha avval joriy etilgan bojlarni toʻldiradi. Shuningdek, Tramp dori-darmonlarga 200 foizgacha boj solish bilan tahdid qilgan boʻlsa-da, ishlab chiqaruvchilarga oʻz faoliyatini tartibga solish uchun bir yil muddat berilishini bildirdi.

Ushbu bayonotlardan soʻng bozorlarda mis narxi keskin oshdi. Mahsulotning bir tonnasi ilk bor $12,330 ni tashkil etdi. Bu mis narxi boʻyicha tarixiy rekorddir.

Oq uy vakillarining taʼkidlashicha, tariflar ichki ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

AQSh Moliya vaziri Skot Bessentga koʻra, bojlar hisobidan davlat budjetiga allaqachon $100 milliard atrofida mablagʻ tushgan. Yil oxiriga borib bu koʻrsatkich $300 milliardga yetishi mumkin. Mis importiga joriy etiladigan bojlar kuchga kirish muddati hali aniq belgilanmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh Qozogʻiston mahsulotlariga 25 foiz boj joriy qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek