Gadjetlar

60 dollarlik smartfon taqdim etildi

5000 mA⋅soat batareyaga ega
60 dollarlik smartfon
60 dollarlik smartfon taqdim etildi / Foto: Gizmochina

AI+ nomli yangi hind kompaniyasi tomonidan 60 dollarlik smartfon taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Kompaniyani ilgari Realme’da ishlagan menejer boshqarmoqda. Brend birinchi bo‘lib ikkita modelni chiqardi: Nova 5G va Pulse. Nova 5G narxi – $96, Pulse esa atigi $60 turadi.

Narxi arzon bo‘lsa-da, texnik jihatlari yomon emas. Pulse modeli Unisoc T615 protsessorida ishlaydi. Unda 4/64 yoki 6/128 GB xotira bor. Nova 5G esa kuchliroq – yangi Unisoc T8200 protsessoriga ega. U AnTuTu testida 500 000 dan ortiq ball olgan. Uning xotirasi esa 6/64 yoki 8/128 GBni tashkil etadi.

Foto: Gizmochina

Ikkala modelda ham 6,7 dyuymli HD+ ekran o‘rnatilgan. Pulse ekrani 90 hz tezlikda ishlaydi, Nova esa 120 Hz bilan ishlaydi – bu o‘yinlar va video uchun juda qulay.

Batareyasi ham kuchli: 5000 mA⋅soat. Faqat zaryadlash tezligi turlicha – biri 10 vatt, ikkinchisi 18 vatt bilan quvvat oladi.

Ushbu smartfonlar global bozorga qachon chiqishi noma’lum.

Ma’lumot o‘rnida, AI+ – bu Hindistonda tashkil etilgan yangi smartfon brendi bo‘lib, uni ilgari Realme kompaniyasida yuqori lavozimda ishlagan mutaxassislar asos solgan. Brend 2025-yilda o‘zining ilk arzon, lekin zamonaviy smartfonlari bilan e’tibor qozondi. AI+ maqsadi – sifatli va funksional qurilmalarni eng past narxda taqdim etish. Ularning ilk modellari – Nova 5G va Pulse, bozorda juda arzon narxda taqdim etilgan bo‘lsa-da, kuchli texnik ko‘rsatkichlarga ega. Kompaniya ayni paytda Hindiston ichki bozoriga e’tibor qaratgan, biroq kelajakda xalqaro bozorlarga ham chiqishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.