Bitkoin rekord darajada qimmatladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Apreldan hozirgacha 46% dan ortiq o‘sishga erishdi
Bitkoin
Bitkoin rekord darajada qimmatladi / Foto: Habr

10-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:55 da bitkoin kursi birinchi marta $112 ming chegarasidan oshib, 22-mayda erishilgan avvalgi narx maksimalidan oshib ketdi.

Aprel boshida AQSh prezidenti Donald Trampning boj to‘lovlari haqidagi bayonotidan so‘ng fond bozori indeksi tushib ketdi va Bitcoin narxi $75 mingdan pastga tushdi. Bu 2025-yildagi eng past daraja bo‘lib qoldi.

Ammo aprel oyidagi qulashdan so‘ng Bitcoin tez tiklana boshladi va hozirgacha 46% dan ortiq o‘sishga erishdi.

Foto: Uznex saytida ekran tasviri / Toshkent vaqti bilan soat 14:10

Bitkoin kapitalizatsiyasi hozirda $2,17 trilliondan oshdi. Bu uni Alphabet (Google) aksiyalari bilan bir qatorda dunyodagi eng yirik beshta aktiv qatoriga kiritdi. Eng yirik to‘rt aktiv esa Apple, Microsoft, NVIDIA va Amazon kompaniyalarining aksiyalari bo‘lib qolmoqda.

Kriptovalyuta savdolari asosan USDT (Tether) bilan juftlikda amalga oshiriladi. Binance’da Bitcoin USDTga nisbatan, Coinbase’da esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri dollarga nisbatan savdoga chiqariladi. Shu sababli turli birjalarda kotirovkalar biroz farqlanishi mumkin.

10-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:35 da bitkoin kursi $111,24 mingga teng.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xakerlar Paragvay prezidentining akkauntiga bitkoin haqida soxta xabar joylashtirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek