Bo‘kada $420 minglik yer savdosida firibgarlik fosh etildi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 4 gektar yer maydonini $420 mingga sotishni rejalashtirgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur shaxslar tanishlari orqali kottej qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, fuqaroning ishonchiga kirgan shaxslar kelishilgan summadan $90 ming olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shu kabi holat Samarqand viloyatining Urgut tumanida ham qayd etildi. U yerda 1,5 gektar yer maydonini $80 mingga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxslar kelishilgan puldan $20 mingni firibgarlik yo‘li bilan olayotganida ushlangan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari – firibgarlik (168-modda) va pora berish (211-modda) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament tomonidan xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olingan edi.